Ca Foscari Venetsiya Universiteti

Top:

Italiyada Venetsiya shahrida o'qishni istasangiz Ca Foscari Universitetni tavsiya qilamiz! Ca Foscari University - Italiyaning Venetsiyadagi davlat universiteti. Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va tilshunoslik menejmenti sohasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha mamlakatning yetakchi markazlaridan biridir. Italiyadagi eng qadimgi biznes maktabi hisoblanadi. 1868 yilda tashkil topganidan beri universitetning asosiy binosi universitet nomini olgan Venedik Gotika uslubida qurilgan Ca Foscari Saroyida joylashgan. Ca Foscari Saroyi Dialoduro hududidagi Rialto kvartal va Avliyo Mark sobori o'rtasidagi Katta Kanalda joylashgan.

Institut 1968 yilda universitet maqomini olgan.

Reytingi: THE – #601-800, QS – #801-1000

Bakalavr yo'nalishlari:

  • Digital Management (f/t 3y. eng)
  • Hospitality Innovation and e-Tourism (f/t 3y. eng)
  • Business Administration (f/t 3y. eng)
  • Economy and Business (f/t 3y. eng)
  • Philosophy and International Economic studies(f/t 3y. eng)

Magistratura yo’nalishi fakultetlari:

  • Comparative International Relations (f/t 2y. eng)
  • Conservation Science and Technology for cultural heritage (f/t 2y. eng)
  • Economics and Finance (f/t 2y. eng)
  • Economics and Management of Arts and Cultural activities (f/t 2y. eng)
  • Environmental Sciences (f/t 2y. eng)
  • Management (f/t 2y. eng)
  • Languages Scienes (f/t 2y. eng)
  • Sciene and Technology of Bio and Nanomaterials (f/t 2y. eng)
  • Computer Science (f/t 2y. eng)
  • Global Development and Entrepreneurship (f/t 2y. eng)
  • English and Anglo- American studies (f/t 2y. eng)

Italiyaning universitetlarida ta’limni afzalliklari:

  • Yiliga 5200 evro miqdoridagi stipendiya
  • Ikki tomonlama diplom dasturi
  • Turli mamlakatlarda o'qish imkoniyati
  • Bepul italyan tili kurslari
  • Talaba imtiyozlari va chegirmalar
  • Yevropada erkin harakatlanish
  • Bir vaqtning o'zida bir nechta stipendiya olish imkoniyati
  • Eng yaxshi davlat universitetlarida ta'lim olish
  • Yuqori stipendiya
  • Taniqli kompaniyalarda xalqaro amaliyot
  • Xalqaro diplom

Dasturlar:

  • W&T USA (Work and Travel) - bu xalqaro madaniy almashinuv dasturi bo'lib, yozgi ta'til paytida AQShga butun dunyodan minglab talabalarni to'playdi.
  • Erasmus - Yevropaning istalgan davlatida talabalar almashinuv dasturi.
  • Overseas - talaba almashish dasturi, unda talaba bir semestr davomida Yevropa davlatlari qatoriga kirmagan (Janubiy va Shimoliy Amerika, Osiyo yoki Afrikada) davlatlarida o’qish imkonini beradi.

Biz sizning Italiyada Ca Foscari Venetsiya Universitetida o’qishni boshlashingiz uchun qanday yordam berishimiz mumkin?

World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

  • Italiyada o’qish bo’yicha bepul ma’lumot beramiz;
  • Universitet, maktab, kurslar va akademik dasturni tanlaymiz;
  • To’g’ri hujjatlar to’plamini tayyorlaymiz;
  • O’quv yurtiga ariza jo’natamiz;
  • Stipendiya/grant uchun hujjatlarni topshiramiz;
  • Talaba vizasini rasmiylashtirishda yordam beramiz;
  • O’quv yurti eshigigacha olib borib qo’yishni tashkillashtiramiz.

Bepul maslahat olish uchun quyida so’ralgan ma’lumotlarni kiriting va biz sizga ish kuni davomida murojaat qilamiz!


Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!