Turkiyaga oson va sertifikatsiz talaba bo’lish imkoniyati.

Ko'rilgan: 102279

- Davlat universitetlari:Turkiyada taʼlim olishga xohishingiz bor lekin sizda til sertifikatlari mavjud emas. Qanday qilib arzon sifatli hamda sertifikatlarsiz taʼlim olish yo‘lini izlayapsizmi unda Turkiya davlat universitetlari siz uchun o‘z eshiklarini ochadi. Universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng agarda til bilmasangiz 6 oylik va 1 yillik turk tili kursida o‘qib keyin bakalavrda o‘qishingiz mumkin. Bakalavr 4 yil Magistratura 2 yil davom etadi. Diplomi bemalol O‘zbekistonga o‘tadi, taʼlim sifati yuqori va tartibli tarzda bo‘ladi. Xalqaro davlatlardan talabalar borganligi sabab ko‘plab do‘stlar orttirish imkoniyati mavjud. O‘qish davomida qonuniy ishlashga ruxsat berilgan haftasiga 20-soat, 1200$-1800$ gacha maosh olishingiz mumkin. Hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga kirasiz kontrakt to‘lovlari 150$ dan 2000$ gacha bo‘ladi.

.Davlat universiteti ro‘yxatlari:
 - Bandirma
- Sakarya
- Chankiri
- Sivas
- Eskishexir
- Bolu
- Karabuk
- Xitit

 Xususiy universitetlar:
- Turkiya Xususiy universitetlariga xam til bilmay turib talaba bo‘lish imkoni bor. Siz talabalikka tavsiya etilganingizdan so‘ng universitet 10 oydan 1 yilgacha turk tili kurslarini qo’yiberadi.Agarda siz Turk yoki Ingliz tilini bilsangiz til kurslarisiz bakalavr yoki magistraturani o‘qib ketishingiz mumkin. Xususiy universitetlar dunyo tan olgan top #1000-dagi universitetlar. Universitetda barcha sharoitlarga ega yotoqxona bor.Kontrakt to‘lovlari 1500$ dan boshlanadi. Medipol universiteti Istanbulda joylashgan top 1000# da o‘zining 11 – ta klinikasi mavjud, tibbiyot sohasi bo‘yicha 1 - yil Yevropada o‘qib kelish imkonini beradi, hamda 1- yillik til kursi bepul etib tayinlangan.
Xususiy universitetlar:
 - Medipol
- Kultur
- Xalich
- Arel
- Kent
- Altinbash
- Fenerbaxche
- Aydin.

Turkiyada o‘qish afzalliklari:- Turkiyada o‘qish uchun sizga viza kerak bo‘lmaydi hujjatlar tez va oson taxlanadi. Universitetlarda taʼlim sifati yuqori, yozgi taʼtilni ajoyib o‘tkazish va oilangizni olib kelish imkoni mavjud. Kontrakt summalari arzon va universitetlarda qulayliklar ko‘p. Ishlab qolib ketish protsessi ham ancha yuqori, mehmondo‘st va turkiy xalq bilan tez til topishib ketasiz. O‘qishingizni Yevropada davom ettirishingiz oson bo‘ladi. O‘z kelajagingizni Turkiya universitetlarida ko‘ryapsizmi unda biz bilan bog‘laning.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!