Talabalar uchun qaysi davlatda o‘qish va ishlash qulay.

Ko'rilgan: 30672

Talabalar uchun eng qulay mamlakatlarni tanlash taʼlim sifati, arzonligi, turmush tarzi, bitiruvdan keyingi imkoniyatlar va umumiy talabalar tajribasi kabi turli omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xalqaro talabalar uchun ko‘pincha qulay deb hisoblangan baʼzi mamlakatlar:

Kanada: Kanadada taʼlim juda yuqori darajada bo‘ladi, talabalar uchun scholorshiplar beriladi, universitetdan yotoqxona ishlash uchun sharoitlar bor, talaba ishlab o‘qib o‘zini qoplashi mumkin. Til bilmay topshiradigan talabalar uchun til kurslari ham bor.

Germaniya: Davlat universitetlarida bepul yoki kam to‘lovli taʼlim, mukammal akademik standartlar va bitiruvdan keyin keng ish imkoniyatlarini taklif qiluvchi kuchli iqtisodiyoti bilan mashhur. Xususiy universitetlarda ham kontrakt orqali taʼlim olishi mumkin, kontraktdan universitet tomonidan scholarship beriladi. Ekonomika tibbiyot iqtisod aniq fanlar bo‘yicha yaxshi taʼlim beradigan davlatlardan biri ham Germaniya universitetlari.

Avstraliya: eng yaxshi universitetlari, hayot sifati va hilma-xil madaniyati bilan tanilgan. Avstraliya, shuningdek, xalqaro talabalarga o‘qish va bitiruvdan keyingi ish vizalari davomida yarim kunlik ishlash imkoniyatini beradi. Universitetda yaxshi sifat va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi bo‘lib keladi.

Buyuk Britaniya: Dunyoning eng nufuzli universitetlari joylashgan Buyuk Britaniya boy akademik anʼanalar, madaniy turliy-xillik va keng ko‘lamli dasturlarni taklif etadi. Biroq, o‘quv to‘lovlari baʼzi boshqa mamlakatlarga qaraganda yuqori bo‘lishi mumkin, lekin taʼlim sifati bo‘yicha yuqori 10 talikda turadi.

Koreya: Mamlakatda yaxshi universitetlari ko‘pligi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Taʼlim sifati ajoyib xalqi bilan turli xil taomlari bilan xalqaro talabalarni o‘ziga jalb qiladi. Koreyada talabalar uchun yaxshi scholorship beradi, ishlash imkoni ham yaxshi.

Amerika qo‘shma shatatlari:
Amerika sehrli diyor ko‘plab talabalarning orzusi bo‘lgan Amerikada xalqaro talabalar uchun judayam ko‘p imkoniyatlar mavjud bo‘lib 100% gacha scholarship ajratiladi, yuqori sifatli taʼlim keng qamrovli imkoniyatlar, ishlash uchun yaxshi maosh beriladi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!