GERMANIYADA ENG ZO’R UNIVERSITETLAR SIZNI KUTMOQDA..

Ko'rilgan: 112543

NIMA UCHUN GERMANIYADA TAʼLIM OLISH KERAK:- Germaniyada taʼlim olishning sabablaridan biri, o‘qitish tizimi jahon standartlariga mutlaqo javob beradi, Diplomi tan olingan, o‘qituvchi va murabbiylarning dars berish uslublari professional, inson huquqlari birinchi navbatda turadi va o‘rgatilinadi, har bir o‘rgatilayotgan soha bo‘yicha amaliyotlar olib boriladi. Universitetda yetarli darajada shart sharoitlar bor, istalgan turdagi yotoqxona mavjud ( yoki ijarada turish mumkin ). Talabalardan so‘raladigan narsalar faqat - IELTS-5, GIOTTO –B2, DUOLINGO,  shulardan biri bo‘lsa topshirish mumkin. O‘qishdan tashqari talabalarga ishlashga ruxsat berilgan hamda taʼtil vaqtida Yevropani sayohat qilishi mumkin. Germaniyada o‘qishning yana bir afzallik tomoni shundaki siz taʼlim, til, ish sayohat bo‘yicha ko‘plab tajribalarga ega bo‘lasiz. O‘qishni tamomlab yirik kompaniyalar bilan shartnoma tuzish imkoni ham mavjud ( bu o‘zingizga bog‘liq ). Taʼlim bilan cheklanib qolmay Yevropadan ko‘plab do‘stlar o'rtirishingiz mumkin, o‘z kelajagingizga eshiklarini o‘z qo‘llaringiz bilan oching. 

GERMANIYADA DAVLAT UNIVERSITETLARI:
- Barcha davlatlar kabi Germaniyada ham eng yuqori darajadagi universitetlar bu Germaniya davlat universitetlari. - Berlin Texnik Universiteti- Dresden Texnik Universiteti- Albert Lyudvig Frayburg Universiteti- Jasobs Universiteti- Berlindagi Humbolt Universiteti- Karsruhe Texnologiya Instituti- RVTH Aachen Universiteti- Bon universiteti - Mannheim Universiteti - Ludvig Maximilian Myunxen universiteti.Ushbu universitetlar yaratilish tarixi qadimga borib taqaladi Germaniyada eng zo‘r universitetlar toifasiga kiradi, xalqaro talabalar ko'p, va ular uchun grant ajratilgan. 


GERMANIYADA XUSUSIY UNIVERSITETLAR:
- Reyting bo‘yicha davlatlararo o‘z o‘rnini egallagan Germaniya  xususiy universitetlarida xalqaro talabalar uchun sharoitlar har tomonlama yuqori bo‘lib kelmoqda. Talabalar uchun yotoqxona, ish, sifatli taʼlim, hamda taʼtilda Yevropa bo‘ylab sayohat, bu judayam zo‘r imkoniyat. Universitetlarda yo‘nalishlar ko‘p, Ekonomika, Iqtisodiyot, Xalqaro Lov, Ingliz tili Nemis tili maxsus yo‘nalishlari, Tibbiyot, Ijtimoiy Gumanitar fanlar, Biznes menejment yo‘nalishlarida o‘qib tajriba olib ishlab qolib ketish imkoniyatlari bor.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!