Rivojlangan Shvetsariyada talabalar ham o‘qib, ishlab o‘zlarini qoplay oladimi.

Ko'rilgan: 100173

 Shvetsariya iqlimi:- Shvetsariya eng boy mamlakat bo‘lib 9 million aholiga ega. Shvetsariyaga kimdir sayohat, doimiy yashash uchun, kimgadir odamlari, turmush tarzi va madaniyati, taʼlimi, kimlardir biznes qilish uchun boradi. Shvetsariyani deyarli barcha aholisi xavfsiz farovon yashashadi, buzilmagan tabiati bilan baxt shahri deyiladi. Alp tog‘lari orasida joylashgan maydoni katta bo‘lmagan davlat. 1815 - yildan buyon mamlakat urush ko‘rmagani hisobiga iqtisodi, taʼlimi ancha rivojlangan. Shengen zonaga kirgan, mamlakat pul birligi (Shveysariya Franki). Mamlakatda 4-ta rasmiy til bor Nemis, Fransuz, Italian, Rum.  Syurix, Lozanna, Bazel, va Jeneva Shvetsariyaning eng muhim joylari qatoriga kiradi, chet eldan sayyohlar ham ushbu shaharlarga tashrif buyuradilar. Shvetsariyada chorvachilik va naslchilik judayam zo‘r rivojlangan. Tadbirkorlar shokolad va pishloq ishlab chiqarib butun dunyoga eksport qiladi. Shvetsariyaning amaldagi poytaxti Bern shahri. Bu mamlakat dunyo bo‘yicha jinoyatchilik darajasi eng kam bo‘lgan davlat hisoblanadi. Shvetsariyada jarimalar aholining moddiy jihatiga qarab belgilanadi. Xulosa qilib aytganda Shvetsariya eng tinch chiroyli va boy shahar hisoblanadi.Shvetsariyada taʼlim:- Shvetsariyada aholi tinch va boy bo‘lganligi hisobiga taʼlim ancha rivojlangan. Ularda belgilangan davlat rahbari yo‘q va davlat rahbarining ishlarini o‘z zimmasiga oladigan 7 kishilik kengash bor. Shveysariya aholisi o‘qituvchi bo‘lishni yaxshi ko‘rishadi va ularning yillik daromadlari 120 000$ va undan ko‘p. Malakali va bilimli o‘qituvchilar yaxshi taʼlim berganliklari uchun Yevropada eng yaxshi matematiklar Shvetsariyadan chiqishadi. Shvetsariyada oliy taʼlim xam ancha rivojlangan Universitetga kirish uchun xalqaro talabalardan IELTS 6 talaba qilinadi. Yo‘nalishiga qarab talabalar bir vaqtni o‘zida amaliyot xam olib boradi. Biznes menejment, iqtisodiyot, chorvachilik, mehmonxona, pedagogika, turizm yo‘nalishlari ancha rivojlangan. Diplomi xalqaro darajada o‘tadi. O‘qib turgan bir vaqtda talabaga ishlash imkoni beriladi haftasiga 20 – soat, soatiga 18$ - 25$. Universitetdan yotoqxona beriladi, agar xohlasa ijarada turishi mumkin. Shengen zona bo‘lganligi uchun 26 ta davlatni sayohat qilishi va taʼtil vaqtida osha 26-ta davlatda ishlash imkoni beriladi. O‘qib turgan bir vaqtda talabaga ishlash imkoni beriladi haftasiga 20 – soat, soatiga 18$ - 25$. Talabalar asosan xizmat ko‘rsatish servislarida, mehmonxona, Restoran, fast-food, chorvachilikda, va ishlab chiqaruvchi sexlarda ishlashlari mumkin. Chunki Shvetsariya dunyo bo‘yicha sut mahsulotlari pishloqlar va shokoladlar yetkazib beradi. Ushbu ishlab chiqaruvchi sexlarda ishlash imkoniyati bo‘ladi til bilish daraja va talabaning salohiyatiga qarab ishlashlari mumkin, yoki malaka oshirish vaqtida o‘qish bilan bir vaqtda o‘zlarining mutaxassislik qarab ishlab qolib ketishi mumkin, albatta har bir korxona va mehmonxonaning ichki tartibiga qarab ishga kiradi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!