Anglo-Continental Til Maktabi

Top:

Maktab ta'rifi

68 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan Anglo-Continental, har qaysi yoshdagi talabalar uchun juda qiziqarli ingliz tili kurslarini taklif etadi.  Maktabimiz ingliz tilini o'qitishda va test sinovlari o’tkazishda yetakchi o'rinlarni egallab kelmoqda. Biz 400.000 dan ziyod talabalarga o’z ilmiy, ijtimoiy va kasbiy intilishlarini yuksaltirishda yordam berdik.   
Angliyaning janubiy sohili, Bornmut shahrida joylashgan Anglo-Continental kampusi keng qamrovli ta'lim xizmatlarini taklif etadi, Ijro markazi va Yosh talabalar markazlari shular jumlasidandir.

Bizning ingliz tilidagi dasturlarimiz o'quvchilarimizning shaxsiy ehtiyojlariga qaratilgan. Umumiy ingliz tili, akademik tadqiqotlar, imtihonlar, biznes va ixtisoslashgan menejment, 50+ klublar, o'qituvchilar uchun kurslar, o'smirlar uchun va ta'til dasturlari kabi keng ko'lamli kurslarni taklif etamiz.

Anglo-Continental ning oliy maqsadlaridan biri- bu o’quvchining manfaatlarini birinchi o’ringa qo’ygan holatda mustahkam ta'lim tizimini va ingliz tilida test sinovlarini yo'lga qo'yishdir.

Anglo-Continental- bu katta yoshli o’rganuvchilar uchun Kembrij universiteti tomonidan tasdiqlangan, sertifikat bilan ta’minlaydigan o’quv markazidir.

Ingliz tilida dars bermoqchi bo’lgan, ingiliz tili o’qituvchilari uchun CELTA malaka oshirish markazi asosiy malakaviy markaz hisoblanadi. Kurslarimiz avvalgi o’quv metodikalardan tubdan farq qiladi. Imtihonlar Kembridj Univeristetining qonun va asosiy talablariga asoslangan holda olib boriladi. Anglo-Continental universiteti CELTA universitetining tasdiqlangan kurs markazi hisoblanadi.

CELTA kurslari lug’at boyligini oshirish, grammatika, fonologiya, og’zaki nutq, eshitish ko’nikmalari, o’qish va yozish amaliyoti, shuningdek, xatolarni qanday to’g’irlash va darsni qanday boshqarish kabi asosiy tamoyillarni o’z ichiga oladi. Albatta, siz bundan yanada ko’prog’ini o’rganasiz, ammo bular til o’rganishning eng asosiy sohalari hisoblanadi.

Ish bilan ta’minlashda yordam

Anglo-Continentalga CELTA dan boshlanib asosan bizning tassurotlarga boy va mzamunli  yozgi ta’til kurslarimizga ulanib ketadi. Bu kurslarga bizning yuqori talablarimizga mos keluvchi muvafaqqiyatli nomzodlar taklif etiladi. Bundan tashqari biz CELTA kurslari nihoyasiga yetish arafasida talabalarni tanlab oladigan mahalliy til maktablari haqida ma’lumot bilan ham ta’minlaymiz.

Yashash joyi

Yashash joyi Bornmutdagi oila bilan tashkillashtiriladi:

4 hafta uchun : £552

Shuningdek, agar oilada yashashdan ko'ra mehmonxona siz uchun qulay bo’lsa , eng yaxshi mehmonxonadan joy qidirishda ham yordam beramiz.

Joylashuv ko’rinishi

Bornmut – ingliz tilini o’rganish uchun eng yaxshi joy hisoblanadi. U Londondan ikki soatlik masofada joylashgan bo’lib, mo’tadil iqlim sharoitiga ega universitet shaharchasi. Bu yerda siz uzunligi 12 kilometrga yetadigan qumli sohillarni (Ozodaligi uchun nufuzli ko’k bayroq bilan taqdirlangan) ko’rib zavq olishingiz mumkin. Bornmut ikkinchi marotaba jamiyat tomonidan “Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi sohilbo’yi kurort zonasi” deb tan olindi. (British Travel Award)

Shahar o’zining chiroyli parklari, bog’lari, ko’ngilochar maskanlari, keng tanlovga ega do’kon hamda lavhalari bilan mashhur. Bundan tashqari u yerda bir qancha maftunkor teatr, kinoteatr, konsert zallari va klublar ham mehmonlar uchun faoliyat yuritadi.


Biz sizning Angliyada Anglo-Continental Til Maktabida o’qishni boshlashingiz uchun qanday yordam berishimiz mumkin?

World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

  • Angliyada o’qish bo’yicha bepul ma’lumot beramiz;
  • Universitet, maktab, kurslar va akademik dasturni tanlaymiz;
  • To’g’ri hujjatlar to’plamini tayyorlaymiz;
  • O’quv yurtiga ariza jo’natamiz;
  • Stipendiya/grant uchun hujjatlarni topshiramiz;
  • Talaba vizasini rasmiylashtirishda yordam beramiz;
  • O’quv yurti eshigigacha olib borib qo’yishni tashkillashtiramiz.

Bepul maslahat olish uchun quyida so’ralgan ma’lumotlarni kiriting va biz sizga ish kuni davomida murojaat qilamiz!


Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!