Iqtisodiyot va Madaniyat Oliy Maktabi EKA Univesiteti

Top:

Oliy ta'limga oid malaka tan olinishi to'g'risidagi Lissabon konventsiyasiga binoan EKA tomonidan berilgan diplom Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarida tan olinadi. Professor-o'qituvchilar tarkibiga mahalliy va xorijiy o'qituvchilar kiradi.

EKA zamonaviy o'quv muhiti - haqiqiy va virtual ma'ruza xonalari, zamonaviy kutubxona bilan ta'minlangan, unda siz turli xil kitoblar va davriy nashrlar, audio va video materiallar, elektron ma'lumotlar bazasi, shuningdek, rus, ingliz, nemis va boshqa tillardagi Internetdagi ma'lumot manbalarini topishingiz mumkin.

Faktlar va sanalar:

  • EKA amaliy fanlar universiteti 1998 yil 23 iyulda tashkil etilgan.
  • 2001 yil 8 fevralda EKA Iqtisodiyot va madaniyat universitetining akkreditatsiya varaqasini oldi (№ 017). 2006 yil 16-noyabrda EKA doimiy akkreditatsiyaga ega bo'ldi.
  • EKA professor-o'qituvchilarining 67 foizi doktorlik ilmiy darajasiga ega o'qituvchilardir.
  • EKA ERASMUS Frantsiya, Italiya, Litva, Polsha, Makedoniya, Gollandiya, Sloveniya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya va Vengriya oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzgan. Har yili EKA amaliy fanlar universiteti hamkorlari ro'yxati yangi sheriklar bilan kengaymoqda. Har yili talabalar va o'qituvchilar almashinuv dasturlarida qatnashadilar.
  • EKA Boltiq dengizi mintaqasining 14 mamlakatidagi 160 universitetlarni birlashtirgan Boltiqbo'yi universitetlari dasturining a'zosi.
  • 2013 yilda universitetda birinchi Fulbrayt dasturining ilmiy xodimi bo'lib o'tdi. Dastur AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.
  • EKA bir qator Latviya va xalqaro birlashmalarning a'zosi, masalan: Latviya Oliy Ta'lim Eksport Uyushmasi, Latviya Axborot va Kommunikatsiya Texnologiyalari Uyushmasi, Latviya Xususiy Universitetlar Uyushmasi, Latviya Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Boltiqbo'yi menejmentini rivojlantirish uyushmasi.
  • 2019 yilda EKA Latviyaning xususiy oliy o'quv yurtlari orasida U-Multirank reytingida yuqori o'rinlarni egalladi.

Kirish talablari

Kuzgi semestr

  • Bakalavrlar uchun o'qish jarayoni 1 oktyabrdan boshlanadi.
  • Qabul 1 avgustgacha davom etadi (agar talaba Latviyadan tashqarida bo'lsa).

Bahorgi semestr

  • Bakalavrlar uchun o'qish jarayoni 1 fevraldan boshlanadi.
  • Qabul 15 oktyabrgacha davom etadi (agar talaba Latviya tashqarisida bo'lsa).

Magistraturaga kirish

Yil bo'yi.

O’quv dasturlar

Hozirgi kunda EKA amaliy fanlar universiteti bakalavr va magistr darajasida o’quv dasturlarini ikki tilda: Latviya va Ingliz tillarida taklif qilmoqda.

Ingliz tilida olib boriladigan o’quv dasturlar:

  • Menejment 
  • Ilmiy darajasi: bakalavr
  • O'qish muddati: 3 yil
  • o'quv to’lovi: yiliga 2100 yevro
  • Axborot texnologiyalari (dasturlash)
  • Ilmiy darajasi: Professional bakalavr
  • O'qish muddati: 4 yil
  • o'quv to’lovi: yiliga 2 500 yevro
  • Biznes boshqaruv 
  • Ilmiy darajasi: magistr
  • O'qish davri: 2 - 2,2 yil
  • o'quv to’lovi: yiliga 2200 yevro

Latviya tilidagi o'qish dasturlari:

Kollej darajasidagi dasturlar

O'qish muddati 2 - 2,5 yil

  • Xalqaro savdo va logistika
  • Ijodiy marketing va sotishni boshqarish
  • Ko'ngil ochish sanoatini boshqarish

Bakalavriat dasturlari

O'qish muddati 3-4 yil

  • Menejment
  • Biznes iqtisodiyoti
  • Qonun

Professional bakalavr dasturlari

O'qish muddati 4 - 4,5 yil

  • Axborot texnologiyalari (dasturlash)
  • Buxgalteriya hisobi va audit
  • Tarjimashunoslik
  • Ichki dizayn
  • Madaniyat menejmenti
  • Kompyuter o'yinlari dizayni va grafikasi

Magistratura dasturi

O'qish muddati 2 - 2,5 yil

  • Biznes boshqaruv

O'quv to’lovi:

EKA Amaliy fanlar universitetida (EKA) o'qish narxi quyidagichadir:

  • Yiliga 2100 yevro ("Menejment" bakalavr dasturi)
  • Yiliga 2500 yevro (Axborot texnologiyalari (dasturlash))
  • Yiliga 2200 yevro (magistratura “Biznes boshqaruvi” dasturi)

O'qish to'lovi o'quv jarayonini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun zarur bo'lgan hamma narsani o'z ichiga oladi: ma'ruzalarda ishtirok etish, shaxsiy maslahatlar, barcha kerakli tarqatma materiallar, uslubiy materiallardan foydalanish va elektron ilmiy ma'lumotlar bazalariga kirish.

EKAga o'qishga kirishda o'qish to'lovi o'qish shartnomasi imzolangandan so'ng to'lanishi kerak.

Rigada turar joy

Talabalar uchun mexmonxonalar:

  • The "TOMO" hostel
  • Hostel Valdemara Residence
  • 1Home Student Hotel
  • Student Hostel Prima

Xonadonlar

  • MERKELA APARTMENT – Riga markazida joylashgan talabalar uchun hashamatli uy-joylar (150 kvadrat metr)
  • STABU APARTMENT – Riga markazida joylashgan talabalar uchun qulay uy-joylar (100 kvadrat metr)
  • Eski Shahar – piyoda 20-25 daqiqali yo’l, ko'plab do'konlar va kafelar, jamoat transport mavjud.

Uy-joyni ijaraga olish

Siz EKA yaqinidagi kvartiralarni ijaraga olishingiz mumkin (uy egasi bilan bevosita bog'lanib, shartnomani imzolashingiz kerak).

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

http://arenda-riga.com/
http://erasmusu.com/en/erasmus-riga/student-housing
http://1home.eu/rooms/?location=Riga


Biz sizning Latviyada Iqtisodiyot va Madaniyat Oliy Maktabi EKA Univesitetida o’qishni boshlashingiz uchun qanday yordam berishimiz mumkin?

World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

  • Latviyada o’qish bo’yicha bepul ma’lumot beramiz;
  • Universitet, maktab, kurslar va akademik dasturni tanlaymiz;
  • To’g’ri hujjatlar to’plamini tayyorlaymiz;
  • O’quv yurtiga ariza jo’natamiz;
  • Stipendiya/grant uchun hujjatlarni topshiramiz;
  • Talaba vizasini rasmiylashtirishda yordam beramiz;
  • O’quv yurti eshigigacha olib borib qo’yishni tashkillashtiramiz.

Bepul maslahat olish uchun quyida so’ralgan ma’lumotlarni kiriting va biz sizga ish kuni davomida murojaat qilamiz!


Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!